«MAMINA SKAZKA» INTERNET-DO’KONIDA SOTIB OLINGAN TOVARNI QAYTARISH BO’YICHA IZOHNOMA
Русский · O‘zbekcha
UMUMIY QOIDALAR.
Xaridor O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining shartnoma-huquqiy bazasi to’g’risida»gi Qonuni, Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari (2016-yil 02.08-dagi 185-son PKMga 1-ilova) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda tuzilgan shartnoma (ommaviy taklif) asosida sotib olingan tovarni Sotuvchiga qaytarish huquqiga ega.
TOVARNING SIFATLI HOLATDA QAYTARILISHI VA ALMASHTIRILISHI.
Xaridor Tovar unga topshirilguncha istalgan vaqtda undan voz kechishga haqli, Tovar topshirilgandan keyin esa brak mavjud bo’lgan taqdirda — Tovar topshirilgan momentdan boshlab 3 kun ichida voz kechishga haqli.
Sifatli Tovarni qaytarish, agar uning tijorat ko’rinishi (qadoq, yorliqlar) va iste’mol xususiyatlari saqlangan, shuningdek ko’rsatilgan Tovarni sotib olish fakti va shartlarini tasdiqlovchi hujjat (kassa cheki yoki sotib olish faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud bo’lganda mumkin. «Mamina skazka» internet-do’konida Tovarni sotib olish fakti va shartlarini tasdiqlovchi kassa cheki yoki boshqa hujjatning yo’qligi Xaridor talablarini qondirishdan bosh tortish uchun asos bo’lishi mumkin. Tovardan foydalanish izlari aniqlanganda, Sotuvchi tovarni qabul qilishdan bosh tortish huquqini o’zida saqlab qoladi.
Xaridor sotib olingan kundan boshlab 3 kun ichida sifatli oziq-ovqat bo’lmagan Tovorni Sotuvchida xuddi shunday Tovorga almashtirishga, bunday Tovar sotuvda mavjud bo’lmagan taqdirda esa pul kompensatsiyasini olishga haqli.
Qaytarish yoki almashtirishga yaramaydigan sifatli oziq-ovqat bo’lmagan Tovarlar ro’yxatiga (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 1-ilovasi) kirgan Tovarlar qaytarish va almashtirishga kirmaydi.
Sifatli tovar qaytarilganda, Sotuvchi uning qiymatini tovar qaytarilgan va Xaridorning yozma arizasi kelib tushgan momentdan 10 kundan kechiktirmay qaytaradi.
Sifatli Tovar qaytarilganda, tovarning internet-do’konga yetkazib berish xarajatlari Xaridor hisobidan amalga oshiriladi.
SIFATSIZ TOVARNI QAYTARISH VA ALMASHTIRISH.
Sifatsiz Tovar sotilgan taqdirda Xaridor quyidagilarga haqli:
- xuddi shu brend (model, artikul)dagi sifatli tovarga almashtirish;
- sotib olingan narxni mos ravishda qayta hisoblash bilan boshqa brend (model, artikul)dagi xuddi shu Tovorga almashtirish;
- Tovar sotib olingan narxini mutanosib kamaytirish;
- Tovarni qaytarish va sifatsiz Tovarning qiymatini qoplab berish.
Xaridor tomonidan Tovarning ishlab chiqarish, konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari aniqlangan taqdirda, Sotuvchi uni yetti kunlik muddatda xuddi shu brend (model, artikul)dagi Tovorga almashtirishi shart, Sotuvchi tomonidan tovar sifatini qo’shimcha tekshirish zarur bo’lgan taqdirda esa — Xaridor talabi ilgari surilgan momentdan yigirma kun ichida almashtirishi shart.
Xuddi shu brend (model, artikul)dagi tovar mavjud bo’lmagan taqdirda, Xaridorning almashtirish to’g’risidagi talabi da’vo qilingan momentdan bir oy ichida qondirilishi lozim. Cho’l va uzoq hududlar hamda davriy yetkazib beriladigan hududlar uchun ko’rsatilgan talab Sotuvchi tomonidan bu hududlarga Tovarlarning navbatdagi yetkazib berilishi uchun zarur bo’lgan muddatda, lekin ikki oydan oshmasligi lozim bo’lgan muddatda qondiriladi.
Sifatsiz Tovar xuddi shu brend (model, artikul)dagi tovarga almashtirilganda, narx qayta hisoblanmaydi.
Nuqsonli tovar boshqa brend (model, artikul)dagi Tovorga almashtirilganda, agar almashtiriladigan Tovarning narxi uning o’rniga beriladigan Tovar narxidan past bo’lsa, Xaridor narxlar ayirmasini qo’shib to’lashi kerak, almashtiriladigan Tovar narxi uning o’rniga beriladigan tovar narxidan yuqori bo’lgan taqdirda esa narxlar ayirmasi Xaridorga to’lanadi.
Katta gabaritli tovar va og’irligi besh kilogrammdan ortiq tovarni arzonlashtirish, almashtirish va qaytarish uchun yetkazib berish Sotuvchi kuchi va hisobidan amalga oshiriladi.
Kafolat muddati belgilanmagan Tovar nuqsonlari uchun Sotuvchi javob beradi, agar Xaridor ular Tovar unga topshirilishidan oldin yoki shu momentdan oldin yuzaga kelgan sabablar tufayli paydo bo’lganini isbotlasa.
Kafolat muddati belgilangan Tovarga nisbatan Sotuvchi tovar nuqsonlari uchun javob beradi, agar u nuqsonlar Tovar Xaridorga topshirilgandan keyin Xaridor tomonidan foydalanish, saqlash yoki tashish qoidalarining buzilishi, uchinchi shaxslarning harakatlari yoki boshqarib bo’lmaydigan kuch oqibatida yuzaga kelganini isbotlamasa.
PUL MABLAG’LARINI QAYTARISH TARTIBI.
Xaridor Tovardan voz kechganda, Sotuvchi unga pul summasini tovar qaytarilgan va Xaridorning yozma arizasi kelib tushgan momentdan 10 kun ichida, shuningdek kassa cheki yoki ushbu Tovarni sotib olish faktini tasdiqlovchi boshqa hujjatni ilova qilgan holda qaytarishi lozim.
Iste’molchiga pul mablag’larini qaytarish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
- naqd pul hisob-kitobi (tovarni o’zi olib ketish punkti orqali qaytarilganda mumkin);
- tovarlar to’lov kartasi yordamida to’langanda yoki Xaridor tanloviga ko’ra hisob-kitob (Tovar uchun to’lov amalga oshirilgan kartaga, karta raqami mavjud bo’lmagan taqdirda Xaridor ko’rsatgan karta raqamiga amalga oshiriladi).
